> Yangilikalar > Ishtirokchilar safi kengaymoqda

Ishtirokchilar safi kengaymoqda


4-04-2017, 16:17. : salom3377

27 Mart kuni Shovot tuman 1-son umumiy o`rta talim maktabida Davomat va o`zlashtirish bo`yicha monitoring tizimi dasturini taqdimot marosimi bo`lib o`tdi. Tadbirda maktabning pedagogik jamoasi, ota-onalar, fuqaro yig`inlari faollari va albatta maktab o`quvchilari qatnashdilar.

Davomat.uz portali rahbari A.Hakimov dasturning ishlash jarayoni haqida batafsil izohlab berdi va ushbu dasturning maktab hayotida davomat va o`zlashtirish samaradorligini ijobiy tarafga o`zgarishini takidlab o`tdi. Vebsayt bilan ishlash usullari haqida malumotlar berdi.

Taqdimotda maktab direktori Yu.Bekchanov tizimni ishlash jarayonini tushuntirib berdi. Fan o`qituvchilari, sinf rahbarlari va o`quvchilarni ushbu tizimdagi o`rni va vazifalarini tushuntirib o`tdi.

Taqdimot yakunida har bir o`quv sinfining rahbarlari va sardorlari bilan amaliy mashg`ulotlar o`tkazildi.


Ishtirokchilar safi kengaymoqda